O'zbekistondagi birinchi kreativ reklama maktabi

3 oyda kreativ kommunikatsiyalar sohasida professional bilim, real loyihalar va Agency 605 da ishlash imkoniyati.

500+ARIZALAR
3 OYDAVOMIYLIGI
60+BITIRUVCHI
Duv-Duv Academy Logo

KURS DASTURI

Marketing asoslaridan real loyiha himoyasigacha - ketma-ket va mantiqiy tuzilgan dastur.

01

Marketing bloki

  • Biznes qanday ishlaydi va pul topadi
  • Marketing nima va u qanday ishlaydi
  • Marketingning vazifalari va maqsadlari
02

Strategiya bloki

  • Brend strategiyasi - nima va nima uchun kerak
  • Kommunikatsion strategiya tuzish
  • Freymvorklar va shablonlar
  • Strategiya bo'yicha praktika
03

Kreativ bloki

  • Reklama turlari va qanday ishlaydi
  • HMW, SCAMPER, Lateral Thinking, BBDO 35
  • Brain Writing, Random Word, "Yes, And..."
  • Kreativlik mashqlari va workshoplar
04

Amaliyot bloki

  • Real mijozdan haqiqiy brif
  • Riserch olib borish va g'oyalar ishlab chiqish
  • Eng yaxshi g'oyalar real loyihaga kiradi
  • Prezentatsiya va himoya - sertifikat uchun
AGENCY 605

Sizga kim dars o'tadi?

Kursni 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan, Jolbors festivalidan kumush va bronza, TAF! 2024 va 2025 da "Yil Agentligi" bo'lgan Agency 605 jamoasi o'qitadi.

🥇 TAF! 2024 & 2025 - Yil Agentligi
🥈 Jolbors Festival - Kumush
🥉 Jolbors Festival - Bronza
Kurs mentori Otabek Sharapov
KURS MENTORI

Otabek Sharapov

Asoschi va Kreativ Direktor, Agency 605

Kursning asosiy darslarini Otabek Sharapov olib boradi. U strategiya va kreativni real bozor kampaniyalari orqali tushuntirib, g'oyani ishlaydigan yechimga aylantirish metodikasini amaliy formatda beradi.

KURS NARXI

Kreativ karyerangizga
investitsiya

so'm9 million
3 oylik to'liq kurs
Yoki 3 x 3 million so'm bo'lib to'lash mumkin
+ 3 oy, haftada 2 marta darslar
+ Darslar yozib olinadi
+ Real mijoz bilan amaliyot
+ Portfolio - real loyiha ishi
+ Faqat oflayn - jonli ta'lim
+ Agency 605 jamoasi dars o'tadi
+ Sertifikat (himoyadan so'ng)
+ Agency 605 da amaliyot imkoni
Kursga yozilish ->

O'rinlar cheklangan - faqat 30 kishi qabul qilinadi.

PORTFOLIO

Duv-duv Portfolio

605 Agency case'laridan tanlangan ishlar: qisqa tahlil, vizual va video.

"Onasini emsin"
Ijtimoiy loyihaIyul, 2024

"Onasini emsin"

Yosh onalar orasida emizish ko'rsatkichlari pasayishini keskin, ammo ijtimoiy foydali xabar bilan yoritib, offline va digital kanallar orqali katta muhokama yaratildi.

Case sahifasi →
Texnomart: To'y sales
TexnomartAvgust, 2024

Texnomart: To'y sales

Yoz mavsumidagi past oqimni oshirish uchun tug'ilgan kun aksiyasi to'y formatida qayta qadoqlandi: taklifnomalar, savdo nuqtasi tajribasi va mahalliy atributlar bitta g'oyaga birlashtirildi.

Case sahifasi →
Juda foydali diplom
Najot Ta'lim9-oktabr, 2020

Juda foydali diplom

Abituriyentlar bosimini inobatga olib, diplomdan ko'ra bilim va tajriba muhim degan g'oya uch seriyali rolikda ochib berildi va auditoriyani real qarorga undovchi kreativ yechim yaratildi.

Case sahifasi →
AMALIYOTCHILAR

Bizning o'quvchilar

Dars jarayoni, masterklasslar va mentorlar bilan real amaliyotdan lavhalar.

Friends Moscow mehmoni bilan o'quvchilar

Kreativ fikrlash xuddi mushakka o'xshaydi

Agentligimizning navbatdagi mehmoni Friends Moscow agentligining asoschilaridan biri va kreativ direktori Maksim Ponomarev bo'ldi. U amaliyotchilarimiz uchun kreativ texnikalar va g'oyani mashq qilish metodlari haqida masterklass o'tdi.

Young Lions vakillari bilan uchrashuv

"Young Lions" festivali vakillari Toshkentda

Xalqaro kreatorlar festivali vakillari bilan ochiq suhbatda ishtirokchilar Young Lions seleksiyasi, marketing, integratsiya va dizayn yo'nalishlari bo'yicha amaliy tavsiyalar oldi.

Duv-Duv o'quvchilarining guruh surati

Bir guruh, bir ritm, bir maqsad

Har bir oqimda turli tajribadagi yoshlar bir maqsadga jamlanadi: fikrni tizimlashtirish, kuchli g'oya topish va uni bozorga mos kreativ yechimga aylantirish.

Qishki oqim o'quvchilari

Qishda ham temp pasaymaydi

Offline darslar, mentor feedback va haftalik amaliy vazifalar orqali o'quvchilar qisqa muddatda portfolio darajasidagi natijaga chiqadi.

Masterklass jarayoni

Nazariya emas, jonli tahlil

Masterklasslarda real ishlar tahlil qilinadi: briefdan insightgacha, insightdan konseptgacha bo'lgan zanjir amalda ko'rsatiladi.

Talabalar va mentorlar

Hamjamiyatimiz yil sayin kengaymoqda

Bitiruvchilar va amaldagi o'quvchilar bitta professional muhitda qoladi: ish imkoniyatlari, hamkorlik va doimiy o'sish uchun yopiq networking ishlaydi.

SAVOLLAR

Ko'p beriladigan savollar

Kursga qabul qilinish uchun tajriba kerakmi?+
Kurs qaysi tilda o'tadi?+
Bo'lib to'lash mumkinmi?+
Darsga kela olmasam nima bo'ladi?+
Bepul leksiyalardan nimasi farq qiladi?+
Agency 605 da ishlash kafolatlanadimi?+
KURSGA YOZILISH

Anketani to'ldiring va suhbatga o'ting.

1-bosqich: Asosiy ma'lumotlar

@